Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi eng yirik masjid ochildi

Turkiyadagi eng yirik masjid ochildi

Foto: «Life.ru»

Kecha, muborak juma kuni Istanbulda Turkiyadagi eng yirik «Buyuk Chamlija jome-masjidi» ochildi.

Masjidni qurishga olti yil ketdi. U Istanbulning istalgan yeridan ko‘rinadi, negaki, shaharning eng baland nuqtasida barpo etilgan, qolaversa, Turkiyadagi eng ulkan masjid. Masjid yonida konferens-zallar, kutubxonalar hamda turkiy islomiy san’at asarlari muzeyi ham bor.

Oltmish besh ming nafar namozxonga mo‘ljallangan «Chamlija» masjidining 70 ta gumbazi, 6 ta minorasi bor. Turkiyada oltita minorali masjidlar soni to‘rttaga yetdi, ulardan eng kattasi Istanbuldagi «Moviy masjid» edi. Biroq «Chamlija» masjidi undan-da salobatli: to‘rtta minorasining balandligi — 107,1 metr, ikkita minorasi balandligi — 90 metr. Nega aynan 107,1 metr. Bu raqam saljuqli turklar sulton Alp Arslon boshchiligida Mansikert bo‘sag‘asidagi jangda vizantiyaliklarni qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratib, ularning imperatori Roman IV Diogenni asir olgan 1071-yilni esga soladi. Shundan so‘ng turklarning Kichik Osiyoda hukmronlik o‘rnatish jarayoni yurishib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring