Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya prezidenti o‘zbek o‘tovida iftorlik qildi

Turkiya prezidenti o‘zbek o‘tovida iftorlik qildi

Foto:«Twiiter»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Milliyatchi harakat partiyasi (MHP) raisi Davlat Bahcheli bilan o‘zbek o‘tovida tashkil etilgan iftor dasturxonida uchrashdi. Ikki yetakchining iftorlik dasturxonida tushgan fotosurati prezidentning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Muhim siyosiy uchrashuv, boz ustiga, muqaddas Ramazon oyidagi iftorlik dasturxon aynan o‘zbek o‘tovida tashkil etilganini qardosh xalqqa ehtirom namunasi deb atash mumkin.

Avvalroq prezident Erdo‘g‘on rafiqasi bilan Anqara shahridagi kamtarona hayot kechiruvchi xonadonlardan birida iftorlik qilgani xabar qilingan edi.

Yengil xomashyodan konussimon shaklda yasalgan o‘tov turkiy xalqlar tarixi va madaniyatida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy yozma manbalarda o‘tov O‘rta Osiyo va Janubiy Sibirda yashagan xalqlarda qadimdan mavjudligi, hatto o‘rta asrlarda to‘rt g‘ildirakli katta aravalarga o‘tov tikib foydalanilgani qayd etilgan. Mintaqamiz xalqlari XX boshlarigacha o‘tovdan foydalangan. Xalqlarning o‘troqlashishi natijasida o‘tov o‘z ahamiyatini qisman yo‘qotgan. Hozirda undan qulay boshpana sifatida asosan cho‘ponlar foydalanadi. Shuningdek, sayyohlarni jalb etish uchun serhasham va ko‘rkam o‘tovlar tikiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring