Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on, To‘qayev va Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Erdo‘g‘on, To‘qayev va Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz berish natijalari mamlakatimiz aholisi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini ushbu mamlakatning yaqinlashib ketayogan bosh milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinchlik-osoyishtalik va tinchlik-farovonlik tiladi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdoni yanada ko‘paytirish, yirik investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish va muhim ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevlar ham Shavkat Mirziyoyevni tabriklashdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring