Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim iste’foga chiqdi

Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim iste’foga chiqdi

Binali Yildirim

Foto: «RIA Novosti»

Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim o‘z egallab turgan lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Yildirim bu haqda parlamentning sobiq raislari va 27-chaqiriq deputatlari ishtirokidagi tadbirda ma’lum qildi.

— Ushbu tadbirdan chiqqandan keyin birinchi qiladigan ishim — BMM ga ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozish, — dedi Yildirim.


Mavzu doirasida

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisi bilan uchrashdi


Binali Yildirim Istanbul shahri hokimligiga nomzodi ilgari surilayotgani bois parlament spikerligidan ketayotgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring