Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Eron bilan urushish niyati yo‘qligini bildirdi

Tramp Eron bilan urushish niyati yo‘qligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush boshlash niyati yo‘qligini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Iroqdagi AQSh elchixonasiga 31 dekabrda hujum bo‘lgan va amerikaliklar bunda Eronni ayblamoqda.

Trampning aytishicha, urush — Eron uchun juda yomon ish bo‘lar edi. Ammo u shu bilan birga «bunday bo‘lishi mumkinligi ehtimolini ko‘rmayotgani»ni ham ta’kidlagan.

Iroqdagi elchixonaga qilingan hujumdan so‘ng Tramp Eronga tahdid qilib o‘tgan edi. «Bizning istalgan ob’yektimizga yetkazilgan zarar yoki qurbonlar uchun ular juda katta tovon to‘lashadi! Bu ogohlantirish emas, bu — tahdid», deya yozgan edi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 dekabrda Iroq poytaxti Bog‘dod shahrida yuzlab odamlar AQSh elchixonasiga hujum qildi. AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan «Xizbulloh» harakati omborlari va qo‘mondonlik punktlariga qilingan hujum bunga sabab bo‘lgan. Natijada 30 kishi vafot etib, 45 kishi yaralangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring