Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Samarqanddagi qishloqlardan biriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Samarqanddagi qishloqlardan biriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan nafaqat viloyat markazlari va yirik shaharlar balki yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan tuman va qishloqlarni poytaxt Toshkent bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda ham avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.

17 iyuldan e’tiboran «Uzautotrans Service» korxonasi Toshkent- Jo‘sh (Samarqand viloyati) yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Toshkent avtovokzalidan avtobus soat 7:30 da jo‘nab ketadi. Jo‘shdan esa tonggi 6:30 Toshkent tomon yo‘lga chiqadi. Yo‘nalish masofasi 460.8 km bo‘lib, chipta narxi 47 000 so‘m etib belgilangan. Ushbu yo‘nalishda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy YUTONG avtobuslari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz bugungi kunda «Uzautotrans Service» korxonasi Toshkent- Denov, Toshkent-Qarshi, Toshkent-Urganch, Toshkent-Yangiyer, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qorako‘l, Toshkent-Jizzax, Toshkent-Gagarin, Toshkent-Zomin, Toshkent-Samarqand, Toshkent- Termiz kabi mahalliy yo‘nalishlarda ham muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring