Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Turkmaniston: avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston-Turkmaniston: avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston viloyat markazlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti. 16-avgust kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobodda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan shu haqda muzokara o‘tkazgan.

Shuningdek, vazirlar ikki mamlakat aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida quyidagi masalalarga ham e’tibor qaratishgan:

  • mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish;
  • madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash;
  • Toshkent-Ashxobod to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo yo‘lini tiklash;
  • fuqarolarning o‘zaro tashriflari tartibini soddalashtirish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring