Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yarim tunda ayollar o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Toshkentda yarim tunda ayollar o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Internet tarmog‘ida «Uchtepa tumanining 11-daha, 5-uy yonida ayni vaqtda bir nechta ayollar boshqa bir ayol kishini «samosud» qilishayotgani aytilmoqda» sarlavhali video tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 27-avgust kuni soat taxminan 23.30 larda Uchtepa tumani 11-kvartalidagi 5-son va 4-son uylar orasidagi bolalar maydonchasida 25 yoshli Bibirobiya A. va u bilan birga ijarada turuvchi tanishlari 29 yoshli Sadoqat E., 32 yoshli Shaxnozoy S., 18 yoshli Pokizoy Ch. va 30 yoshli Uldonoy X. orasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

«Hozirgi vaqtda mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra qonuniy chora kщriladi», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring