Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Suvsoz» xodimlari quduqdagi gazdan bo‘g‘ilib vafot etdi

Toshkentda «Suvsoz» xodimlari quduqdagi gazdan bo‘g‘ilib vafot etdi

12-iyun kuni soat 09:00 larda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida profilaktika ishlarini olib borayotgan ikki nafar «Suvsoz» DUK xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, «Suvsoz» DUKning 31 yoshli X.B. hamda 32 yoshli X.N. ismli xodimi profilaktika ishlarini olib borish maqsadida kichik halqa avtomobil yo‘lida joylashgan Yakkasaroy tumanidagi «Sazanchik» kafesi ro‘parasidagi quduqqa tushgan.

Dastlabki taxminga ko‘ra, u yerda to‘plangan zaharli gazlar oqibatida «Suvsoz»ning ikki xodimi bo‘g‘ilish natijasida halok bo‘lgan. Ularni qutqarishga harakat qilgan 42 yoshli H.R. esa zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

«Tez yordam xizmatiga voqea guvohlari xabar bergan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring