Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda massajchi niqobidagi fohishalar qo‘lga olindi

Toshkentda massajchi niqobidagi fohishalar qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB

11-mart kuni IIBB xodimlariga internet saytlaridan birida Sevara ismli qiz massaj qilishni taklif etib, aslida mijozlarga intim xizmatlar ko‘rsatayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tadbirda Sevara ismli mazkur qiz qo‘lga olingan va u aslida 27 yoshli Ozoda J. ekanligi aniqlangan. Qiz internetga ushbu e’lonni joylashtirganini tan olgan.

Ozoda J.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanish)ga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va Shayxontohur tumani IIBga jo‘natilgan.

Xuddi shunday choralar 30 yoshli Dinara A.ga nisbatan ham qo‘llanilgan. Mazkur ayol ham internetda massaj qilish niqobi ostida intim xizmatlar taklif qilgan.

Shuningdek, 11-mart kuni kechki payt o‘tkazilgan tadbirda Chilonzor tumani hududida joylashgan go‘zallik salonida kosmetologiya va oddiy massaj xizmatidan tashqari, tashrif buyuruvchi erkaklarga intim xizmatlar ham ko‘rsatilishi aniqlangan. Tadbir chog‘ida salonda massajchi bo‘lib ishlagan 20 yoshli Odina D. mazkur salonda ko‘rsatilgan intim xizmat uchun 100 ming so‘m olayotganda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur salonda Odina D.dan tashqari, 30 yoshli Umida B. rahbarligida ishlaydigan 20-32 yosh oralig‘idagi yana besh nafar ayol borligi hamda ular ham massajchi niqobida aslida fohishalik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan materiallar Chilonzor tumani IIBga yuborilgan. Umida B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash)ga asosan ish qo‘zg‘atilgan. Boshqa massajchi ayollarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ulanish)ga asosan ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring