Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtomobillarni daraxt ostida qoldirmaslik tavsiya qilindi

Toshkentda avtomobillarni daraxt ostida qoldirmaslik tavsiya qilindi

Toshkent shahar hokimligi avtomobil egalariga murojaat bilan chiqib, bugun, 2-iyul kuni poytaxtda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilishi sababli mashinalarni daraxt ostida qoldirmaslikni tavsiya qildi.

Havo harorati kunduzi +40...+42 daraja issiq, kechasi +21...+23 darajada iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida sharqdan esadigan shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrni, kuchayganida esa soniyasiga 17—22 metrgacha yetishi mumkin.

«Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar va katta hajmdagi reklama banerlari ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring