Toshkentda 8 qavatli bino sotuvga qo‘yildi
«Bunyodkor» metro bekati yaqinida joylashgan sakkiz qavatli bino boshlang‘ich bahosi 15 mlrd so‘m miqdorida auksionga qo‘yildi, deb xabar berdi «Spot».
«E-ijro auktsion» saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, binoda 119 ta xona mavjud.
Ijro hujjatining sanasi — 2017-yil, oktyabr. Ijrochi — Mirobod tumani Majburiy ijro byurosi.
Manzili Islom Karimov, 16A-uy sifatida ko‘rsatilgan ushbu binoda avval O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi joylashgan edi.
Buyurtmalar 15-mayga qadar qabul qilinadi, auksion 17-may kuni tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Gazeta korpusi» nomi bilan mashhur bo‘lgan bino sotuvga qo‘yilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter