Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aliment?.. Uy bersa-chi, o‘rniga?!

Aliment?.. Uy bersa-chi, o‘rniga?!

Foto: «777novosti.ru»

Chirchiqlik Temirovlarning oilasiga darz tushganiga ancha bo‘lgan. Pand-nasihatlar kor kelmay ish sudga yetdi. Suddayam murosa taklif qilindi, buning uchun muddat berildi, biroq... Taqdir o‘xshamasa, hech qanday vosita turmush tiklanishiga sabab bo‘lolmas ekan-da. Nachora.

Alqissa, o‘rtadagi nikoh bekor qilindi, keyinroq otadan ikki nafar voyaga yetmagan farzand  ta’minoti uchun aliment undirish belgilandi. Biroq ota majburiyatini yetarli darajada bajarmaganligi natijasida alimentdan yaxshigina qarzdorlik vujudga keldi.

Bilasiz, aliment masalasi ancha nozik hisoblanadi. Farzandlari uchun aliment to‘lamay yurganlarga pand-nasihat qilinadi, kor qilmasa, tegishli chora ko‘riladi. Ular orasida 15 sutka ma’muriy qamoqqacha bo‘lgan jazo choralari bor.

Temirovlar misolida nima bo‘ldi, dersiz? Majburiy ijro byurosining Chirchiq shahar bo‘limi xodimlari bilan bir necha bor o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng ota bir zarbda zimmasidagi majburiyatidan qutildi. Ya’ni, u  o‘zi yashab turgan xonadonni voyaga yetmagan farzandlari nomiga o‘tkazib berdi.

Shunaqasiyam bo‘ladimi?

Bo‘lmasa-chi? Bu haqda hukumatning tegishli qarori bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring