Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli yigitga pichoq urdi

Toshkentda 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli yigitga pichoq urdi

2021-yilning 1-may kuni soat 23:30 larda voyaga yetmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan «Aviachipta» binosining orqa tomonida 22 yoshli A.Orifjonni pichoqladi.

Bunga A.Orifjonning u bilan ikki kun oldin salomlashmagani sabab bo‘lgan. 14 yoshli yigit tanishining chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.Izzatillaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring