Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahriga eng zamonaviy yangi avtobuslar keltirildi

Toshkent shahriga eng zamonaviy yangi avtobuslar keltirildi

Foto: «Toshshahartrans» AJ

«JV MAN Auto-Uzbekistan» QK MChJ hamda «Toshshahartransxizmat» AJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, 50 dona katta sig‘imli «MAN» rusumidagi avtobuslar ishlab chiqarilib, kecha, 27-dekabr kuni Toshkent shahriga olib kelindi.

«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur avtobuslar tez kunda yo‘nalishlarga tasarruf etiladi.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-martdagi «Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbiri to‘g‘risida»gi 129-sonli qarorida, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan 350 dona katta sig‘imli «MAN» rusumidagi avtobuslar, jumladan, 2017-yilda 50 dona harid qilinishi belgilab berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring