Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri (+16), Samarqand (+4), Toshkent viloyati (+1) – SSV bugun qayd etilgan holatlar haqida ma’lumot berdi

Toshkent shahri (+16), Samarqand (+4), Toshkent viloyati (+1) – SSV bugun qayd etilgan holatlar haqida ma’lumot berdi

Foto: SSV

Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 75 holatning 48 nafari Karantin markazidan, 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 21 nafari (Toshkent shahri 16, Samarqand viloyati 4, Toshkent viloyati 1) esa aholi orasidan aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Kun davomida 26 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3444 nafar bemordan 2694 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 736 nafar bemor yurtimizning 7 xududidagi davolash muassasalarida davolanishmoqda.

Bugun mamlakatimizda uy karantiniga 1166 nafar fuqaro olinib, 1284 nafar fuqaro chiqarildi.

Statsionar karantinga esa 1532 nafar fuqaro olinib, 935 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring