Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosiga 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Toshkent metrosiga 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrining jamoat transporti tizimi takomillashtirilib, infratuzilmasi rivojlantiriladi.

Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekistonning 2022—2025-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan.

Ma’lum qilinishicha, yerusti yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘i metropoliten bilan integratsiyalashadi. Bu orqali jami 84 ta, jumladan, 2022 yilda 14 ta yangi harakat tarkibi (metro poyezdlari) xarid qilinadi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida o‘zaro uzviy bog‘langan barcha transport turlarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi. Bu orqali 673 dona elektrobus xarid qilinadi. 11 ta magistral, 14 ta halqa, 92 ta bog‘lovchi va 42 ta yetkazib beruvchi yangi muntazam avtobus yo‘nalishi tarmog‘i yaratiladi.

Avvalroq, ushbu strategiyada mahalliy aviaparvozlar sonini ikki baravarga oshirish ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring