Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazida «Lasetti» katta tezlikda daraxtga urilib yonib ketdi

Toshkent markazida «Lasetti» katta tezlikda daraxtga urilib yonib ketdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 24-iyul kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Nukus ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, haydovchi, 1996-yilda tug‘ilgan S.M. «Lasetti» rusumli transport vositasida A.Qodiriy ko‘chasidan A.Temur ko‘chasiga tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib ketayotganida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib daraxtga urilgan va transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring