Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aholisi soni o‘sgani qayd etildi

Toshkent aholisi soni o‘sgani qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2019-yil 1-yanvar holatiga 2510,8 ming kishini tashkil etib, 2018- yilda 45,9 ming kishiga yoki 1,9%ga o‘sgan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

2018-yilning yanvar-dekabr oylarida 46,3 ming bola tug‘ilgan. Mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 18,6 promilleni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,9 ga (2017-yilning mos davrida 17,7 promille bo‘lgan) o‘sdi.

Shahar aholisining tabiiy o‘sishi 30,6 ming kishini tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 3,9 ming kishiga o‘sishi (2017 yilning mos davrida 26,7 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.

Shuningdek, FHDYo organlarida 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida 20,3 mingta nikoh qayd etilgan. 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,2 promilleni tashkil qilib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,4 ga o‘sdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring