Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Yunusobod tumanining sobiq hokimi ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda Yunusobod tumanining sobiq hokimi ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda

Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida boshlangan.

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati ko‘ra, sobiq hokim bilan birga sudlanuvchilar O‘lmas Muxamedsaidov hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «Milliy PR-markazi» DUK bosh direktori lavozimida ishlagan Shohruh Malikovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sudlanuvchi B.Abdusamatov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 210-moddasi (pora olish), O‘. Muxamedsaidov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) va Sh. Malikov Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

2018-yilning 7-sentyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olish vaqtida qo‘lga tushirilgan. U yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha pora olmoqchi bo‘lgani taxmin etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring