Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori urush e’lon qildi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori urush e’lon qildi

Foto: «Globaltourismforum.org»

Efiopiyada federal qo‘shinning harbiy bazaga hujum qilishda ayblangan Tigray xalq ozodlik fronti kuchlariga qarshi yurishi natijasida bir necha yuzlab odamlar halok bo‘lishdi, deb yozadi «Reuters».

Qo‘shni hududdagi harbiy mulozimning ma’lum qilishicha, mahalliy tigray xalqining 500 ga yaqin jangchisi to‘qnashuv qurboniga aylangan. Xavfsizlik xizmatining boshqa uchta manbasiga ko‘ra, Efiopiya armiyasi ham yuzlab harbiylaridan judo bo‘lgan.

Nizo 3-noyabr kuni harbiy to‘qnashuvga aylanib ketdi — 2019-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali urush e’lon qildi.

Shu bilan birga, Tigray xalq ozodlik fronti qurolli tizimlari hukumat kuchlaridan sezilarli darajada ko‘pligi ma’lum. Efiopiya hukumati mahalliy jangarilarni qurolsizlantirish, konstitutsion tartibni tiklash va aybdorlarni sudga tortmoqchi.

Tigray xalq ozodlik fronti dastlab uzoq yillar davomida isyonchilar harakati bo‘lgan, shundan so‘ng siyosiy partiyaga aylangan. 2020-yil 9-sentyabrda Tigray ma’muriyati hududda ruxsatsiz saylovlar o‘tkazgani uchun markaziy hukumat saylovni noqonuniy deb topdi.

2019-yilda Abiy Ahmad Ali tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan. U «tinchlik va xalqaro hamkorlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, xususan, Eritreya bilan chegara mojarosini hal qilishda ko‘rsatgan kuchli tashabbusi» uchun taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring