Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlarining ikkinchi kunida 486 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi

Test sinovlarining ikkinchi kunida 486 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi

Foto: «Xs.uz»

2 avgust kuni respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi sanasida 25 ta oliy ta’lim muassasalarining 63 ta ta’lim yo‘nalishida 57 ming 849 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1219 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 486 nafar abituriyent, shundan 251 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 235 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring