Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlari uchun beriladigan vaqt 2 soatga qisqartiriladi

Test sinovlari uchun beriladigan vaqt 2 soatga qisqartiriladi

Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00da boshlanib, 10:00da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00da boshlanib, 19:00da yakunlanadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Abituriyentlarga bir martalik himoya vositalariga qo‘shimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.

Abituriyentlar 2 ta fandan jami 60 ta test savoliga javob topadi.

Nima uchun test sinovlari uch soatdan ikki soatga qisqartirildi?

«Chunki har yili test sinovlari uchta fandan o‘tkazilar va uchta fanga uch soat vaqt berilar edi. Bu yilgi test sinovlari ikkita fandan o‘tkaziladi. Sharoitdan kelib chiqib, qo‘shimcha fanlar olib tashlandi. Bundan tashqari, test sinovlari ancha soddalashtirilgan va osonlashtirilgan», — dedi Majid Karimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring