Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli rassom vafot etdi

Taniqli rassom vafot etdi

Foto: «muzaffar.uz»

15-noyabr kuni O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a’zosi, musavvir Shavkat Muzaffar (Shavkat Turopov) 54 yoshida vafot etdi.

Bu haqda «Mushtum» jurnali xabar berdi.

Shavkat Muzaffar 1968-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutining arxitektura fakultetini tamomlagan.

Shu paytga qadar Shavkat Muzaffar «Mushtum» jurnali va Xalqaro islom akademiyasining «Ziyo» studiyasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring