Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston xalq rassomi Ortiq Fayzullayev vafot etdi

O‘zbekiston xalq rassomi Ortiq Fayzullayev vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev 90 yoshda vafot etdi.

Yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev  to‘qson  yillik hayotining yetmish yilini yurtimiz an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi san’ati ravnaqiga sarfladi.

Ijodiy faoliyati davomida yaratgan san’at asarlari bilan ko‘plab badiiy ko‘rgazmalarda qatnashdi. Bir qancha ahamiyatga molik binolarni badiiy bezashda ishtirok etdi. Shu davr ichida 200 nafarga yaqin  yosh hunarmandlarga  ustozlik qilib, ularni o‘z kasbining yetuk va mohir ustalari  qilib yetishtirgan ustoz-murabbiy sanaladi. Ijodkor shogirdlarining ko‘pchiligi davlatimiz mukofoti va unvonlari bilan taqdirlangan.

Poytaxtimizda go‘zal me’moriy  binoslar sirasiga kiradigan, ichki va tashqi bezaklari milliyligi bilan o‘ziga xos go‘zallikga ega «O‘zbekiston» Xalqaro anjumanlar saroyidagi «Bahor quyoshi» nomli 6 ta  milliy   o‘ymakor eshiklar  to‘plami yaratilishida Ortiq Fayzullayev bosh-qosh bo‘lib, o‘zidan muhtasham meros qoldirdi.

Ortiq Fayzullayev yog‘och o‘ymakorligi an’analarini davom ettirib, yangi ohanglar bilan boyitdi, ko‘plab jamoat binolarini yog‘och o‘ymakorligi bilan bezadi.

Xabar.uz jamoasi marhumning oila a’zolariga, yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring