Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorning o‘zboshimchaligi gaz idorasiga milliardlab zarar keltirdi

Tadbirkorning  o‘zboshimchaligi gaz idorasiga milliardlab zarar keltirdi

Foto:«Trend.az»

Halol tadbirkorlarimiz ko‘p. G‘irromlari ham yo‘q emas, taassuf. Ularga e’tibor kuchaytirilib, faoliyati qo‘llab-quvvatlangani sari shunga monand «erkaligi» oshib boradiganlari ham serobmi, deysan-da. Mana, tadbirkor X.S.ni olaylik. To‘g‘ri, halol ishlasayam daromadsiz qolmaydi. Biroq besh barmoqni barobar og‘ziga tiqqani-chi?

Nima qipti, deysizmi?

Baliqchi tumani, Alchazor MFY hududida g‘isht ishlab chiqarish korxonasi bor. X.S. xuddi joyda boshqa shaxslar bilan til biriktirib, noqonuniy ravishda ohak ishlab chiqarish sexini tashkil qilibdi. Sex faol ishlashi uchun esa to‘rt dona ohak xumdonlariga nostandart gorelkalar orqali ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmas darajada Baliqchi gaz taqsimlash shahobchasidan chiqqan yuqori bosimli magistral tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib oladi.

O‘g‘rilik quvur orqali qo‘rqmay amalga oshirib kelinganini qarang!

Buning natijasida «O‘ztransgaz» AJ Andijon viloyat xududiy gaz ta’minoti filiali manfaatlariga jami 3.460.429.400 so‘m juda ko‘p miqdordagi qiymatda zarar yetkazilgan.

Agar Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari o‘ta ustalik bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday «tadbirkorlik»ni ilg‘ab qolmaganda zararlar bundan ham kattaroq bo‘lib ketishi ehtimoli yuqori edi.

Ayni paytda X.S. va boshqalarning harakatlarida jinoyat alomatlari borligini inobatga olib, surishturuv xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring