Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

6 oydan beri sarson yurgan tadbirkorning manfaati sudda himoya qilindi

6 oydan beri sarson yurgan tadbirkorning manfaati sudda himoya qilindi

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi «Kamol» (nomi o‘zgartirilgan) mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori «O‘zzoovetta’minothizmat» davlat unitar korxonasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmayotganligi yuzasidan shikoyat qildi.

Aniqlanishicha, 2023 yil 25 aprel kuni jamiyat va korxona o‘rtasida 1 dona «insinerator» mahsulotni 265 mln so‘mga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

Jamiyat tomonidan 2023 yil 26 iyuldagi elektron hisobvaraq-fakturaga asosan ushbu mahsulot korxonaga yetkazib berilgan.

Korxona tomonidan 2023 yil 10 may kuni qariyb 80 mln so‘mlik (shartnoma qiymatidan 30 foizi) dastlabki to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa-da, hozirgi kungacha qolgan 185 mln so‘mlik qarzdorlik jamiyatga to‘lab berilmagan.

Shartnomaga muvofiq, mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng korxona tomonidan qolgan 70% to‘lov 60 kun ichida amalga oshirilishi lozim.

Fuqarolik kodeksning 236-moddasiga ko‘ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.

Shuningdek, «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasida taraflar tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart ekanligi belgilangan.

Jamiyat va korxona o‘rtasida 2023 yil 19 dekabrda tuzilgan solishtirma dalolatnomasiga asosan shartnoma bo‘yicha asosiy qarzdorlik 185 mln so‘mni tashkil etadi.

Jamiyat tomonidan korxonaga 2023 yil 20 dekabrda mavjud qarzdorlikni to‘lashi to‘g‘risida yuborilgan talabnoma ijro qilinmagan.

Yuzaga keladigan barcha nizolar, agar ular muzokaralar yo‘li bilan hal etilmasa, iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilishi shartnomada belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkor manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, «O‘zzoovetta’minothizmat» korxonasidan 185 mln so‘m qarzdorlikni undirishni so‘radi.

Sudning qal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vo talablari to‘liq qanoatlantirildi. Shu tariqa yarim yildan beri pulini ololmasdan sarson bo‘lib yurgan tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring