Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlarning qaysi toifasiga 1-avgustdan imtiyoz beriladi?

Tadbirkorlarning qaysi toifasiga 1-avgustdan imtiyoz beriladi?

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

Alohida toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga 2018-yil 1-avgustdan boshlab imtiyozlar berilgan. Aynan qaysi toifalarga ekaniga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali aniqlik kiritdi.

Ma’lum qilinganidek, aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq quyidagi shaxslarga 2018-yil 1-avgustdan boshlab imtiyozlar va preferensiyalar berildi:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar ishlab chiqarish, ularga ortopedik protezlash, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari (yillik tushumining 30 foizini shu xizmatlardan kelishi kerak);
  • Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga o‘quv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qo‘llagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratuvchi tadbirkorlik sub’yektlari (yillik tushumining 20 foizini shu xizmatlardan kelishi kerak);
  • qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarining (mehnat shartnomasi asosida) kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar; 16 yoshga to‘lmagan bolalari yoki nogironligi bo‘lgan bolalari bo‘lgan yolg‘iz ona (ota); jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar; odam savdosi qurbonlari; o‘qishni tugatganiga 3 yil bo‘lmagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari; “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari.

Ushbu toifaga quyidagi imtiyozlar berildi:

  • davlat mulki ob’yektlarini «nol» qiymatda sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolarida bitim tuzish bo‘yicha ustuvorlik huquqi;
  • davlat mulki ob’yekti uchun ijara to‘lovini eng kam ijara to‘lovi stavkasini 50 foizi miqdorida to‘lash.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring