Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoning ikki tumanida DXM yangi binoga ko‘chirildi

Surxondaryoning ikki tumanida DXM yangi binoga ko‘chirildi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida davlat xizmatlari markazlari yangi binoga ko‘chirildi. Bu haqda DXM matbuot xizmati xabar berdi. 

Markazlar quruvchi va arxitektorlari xalq kiradigan joy ko‘rkam, barcha qulayliklarga ega bo‘lishi lozimligini inobatga olgan.

Zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar davlat xizmatini olishingiz uchun qadamma-qadam yo‘naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib, kutish zalidagi shinam o‘rindiqlarga joylashishingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o‘tish kerakligi ko‘rsatiladi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Yanada qulaylik yaratish maqsadida bu yerda bolalar o‘yingohi, ona va bola, tibbiyot xonalari hamda kafe mavjud. Bundan tashqari, mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan — fuqarolarimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi tashabbus ham bu yerda mujassam. Muzrabot tumani DXM binosida o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat kutubxona o‘rin olgan.

Ushbu binodan fuqarolar odatiy davlat xizmatlaridan tashqari notarius va FHDYo organlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega.

Fuqarolar qulayligi uchun binoda bir emas ikkita bank kassasi faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tashrif buyuruvchilar bepul WiFi dan foydalanish imkoniga ega.

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun tegishli pandus o‘rnatilgan. Umuman olganda, har bir fuqaroga—alohida e’tibor, jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari hisobga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring