Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi «Neksiya-3» o‘rniga «Equinox» sotib olgani ochiqlandi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi «Neksiya-3»   o‘rniga «Equinox»  sotib olgani ochiqlandi

Illyustrativ foto.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Moliya vazirligi ruxsat bergan «Neksiya-3» o‘rniga «Equinox» sotib olgani aniqlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabarida ma’lum qilingan. 

«Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan 349 mln. so‘mga «Equinox» rusumli xizmat avtomashinasi xarid qilinganligi borasida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holatga zudlik bilan oydinlik kiritish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan to‘plangan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi balansidagi 2013-yilda ishlab chiqarilgan «Neksiya-2» rusumli avtomashina eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli uning o‘rniga bir dona xizmat avtomashinasi xarid qilishga ruxsat so‘rab, 2020-yil 2-oktyabrdagi 23-31631-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qilgan.

Ushbu murojaatga Moliya vazirligi 2020-yil 9-oktyabrda YeS 8724-sonli javob xati yo‘llangan. Unga ko‘ra, Boshqarma balansidagi «Neksiya-2» rusumli avtomashinasini o‘rnatilgan tartibda sotib, o‘rniga belgilangan limit doirasida Soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir dona «Neksiya-3» avtomashinasi xarid qilishga rozilik bildirgan.

O‘zavto dileri «Avto-sentr-Qashqadaryo» bilan Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi o‘rtasida 2020-yil 30-sentyabrda 3-250-2020-1563UA-sonli shartnoma tuzilib unga asosan bir dona Equinox rusumli avtotransport vositasi xarid qilingan» deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i qabul qilingan.

Xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring