Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli aktyorning rafiqasi, mashhur aktrisa saratondan vafot etdi

Taniqli aktyorning rafiqasi, mashhur aktrisa saratondan vafot etdi

Foto: «AP Photo»

Aktrisa Kelli Preston 57 yoshida ko‘krak saratonidan vafot etdi, deb yozadi uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Jon Travolta «Instagram»da.

«Sohibjamol rafiqam Kelli ikki yil ko‘krak saratoniga qarshi kurashgandan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi», — deb yozadi Travolta. U yaqin orada butun vaqtini onasidan judo bo‘lgan farzandlariga bag‘ishlashini ma’lum qilgan.

Preston va Travolta 1991-yilda turmush qurishgan va uch farzandni dunyoga keltirishgan. Faqat o‘g‘li Jett 2009-yilda epileptik xurujdan so‘ng vafot etgan.

Preston o‘z karerasini 1983-yilda boshlagan. «Egizaklar» va «Jerri Maguayer» filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring