Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV koronavirus qayd etilganlarning yangi sonini e’lon qildi

SSV koronavirus qayd etilganlarning yangi sonini e’lon qildi

Foto:«UzReportNews»

2020-yil 20-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2880 (+25) nafarni tashkil qilmoqda.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 20 nafari xorijdan kelgan shaxslar orasidan qayd etildi. 20 nafar bemorning 5 nafari charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 10 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, shuningdek, 2 nafari qozog‘istonlik xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi.

Ayni paytda yurtimizda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 529 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring