Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Qozog‘istonning Ulutov viloyati IIB 7 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirini «noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani sababli» mamlakatdan chiqarib yubordi.

«Mazkur xorijliklar Satpayev shahrida tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlab kelgani aniqlandi», – deyiladi xabarda.

«Polisia.kz»ning yozishicha, shuningdek, 9 nafar Tojikiston fuqarosi ham deport qilingan.

«Tojikiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi Olmaota shahar sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori talablarini bajarmay, javobgarlikdan bo‘yin tovlaganliklari ham aniqlandi», – deb yozadi nashr.

O‘z navbatida, viloyat IIB chet el fuqarolarini noqonuniy mehnat faoliyatiga jalb qilgan ish beruvchilar ham qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishini eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring