Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq ob-havo qachongacha saqlanib turadi? «O‘zgidromet» ma’lumoti

Sovuq ob-havo qachongacha saqlanib turadi? «O‘zgidromet» ma’lumoti

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 19-24-noyabrda O‘zbekistonda harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10-15 darajaga past bo‘lgan sovuq ob-havo saqlanib turadi.

20-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti esa quyida keltirib o‘tilgan. 

Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13° sovuq, kunduzi 0-2° sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring