Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«SOS». Ombudsman Qashqadaryodagi noqonuniy tekshiruvlar haqida ma’lumot berdi

«SOS». Ombudsman Qashqadaryodagi noqonuniy tekshiruvlar haqida ma’lumot berdi

«Investitsiyaviy jozibadorlik».

Iqtisodiyot ravnaqi sifatida e’tirof etilayotgan ushbu jumla keyingi vaqtlarda tez-tez yangramoqda.

Ta’kidlash lozimki, ushbu ikki so‘zdan iborat jumlani iqtisodiyotga tatbiq etish uchun, bir qancha qonun hujjatlari qabul qilinib, tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini kafolatlanishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Lekin, ayrim nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari bo‘ladigan munosabatlarida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilib, ularning huquq va manfaatlariga daxl qilinmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi D.T tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshirishlarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan.

D.T tomonidan 2019 yil 21 noyabrda Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi «Argument effekt qurilish» MChJning faoliyatida o‘tkazilgan o‘rganish Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF – 5490-sonli «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 5-bandiga asosan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

Yuqoridagi holat yuzasidan mas’ul xodim D.T ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirib, sudga jo‘natildi.

Qarshi shahar ma’muriy sudining qarori bilan huquqbuzarga jarima jazosi tayinlandi.

Biznes-ombudsman devonining
Qashqadaryo viloyatida faoliyat
ko‘rsatuvchi yetakchi inspektori M.Ismailov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring