Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi 9 martni Yurish kuni deb e’lon qildi (foto)

Sog‘liqni saqlash vazirligi 9 martni Yurish kuni deb e’lon qildi (foto)

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning 9 mart kuni respublikada Yurish kuni deb e’lon qilindi.

Shu kuni barcha tibbiyot muassasalarida, shahar va tumanlarning markaziy hiyobonlari, mahalla guzarlarida ommaviy yurish tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xabar berdi.

Ommaviy yurishda tibbiyot xodimlari bilan birgalikda qator idora va tashkilotlar vakillari, turli yoshdagi aholi vakillari jalb qilindi. Ommaviy tadbir o‘tkazish joylarida, mahallalarda yurishning inson organizmiga ijobiy ta’siri to‘g‘risida mutaxassislarning suhbatlari tashkil etildi. 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, oddiy yurish (haftasiga kamida 8 kilometr yurganda) yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga va o‘lim xavfini 32 foizga qisqartiradi.  Yurish ko‘krak bezi saratoni va ikki turdagi qandli diabet kasalligiga chalinishni kamaytiradi. Bundan tashqari, suyak va mushaklarni mustahkamlaydi, arterial bosimni, qonda xolesterin miqdorini tushishiga sabab bo‘ladi, uyquni yaxshilaydi.

Har bir qadam energiya sarflanishi, gormonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon ta’minotining yaxshilanishi evaziga ularning kislorod bilan boyishi kuchayadi, natijada umumiy holat yaxshilanadi. Yurganda har daqiqada 5 kaloriya yo‘qotiladi (o‘tirganda 1 kaloriya). Og‘irlik qancha ko‘p bo‘lsa, energiya shuncha ko‘p sarflanadi. Misol uchun, 72 kilogram og‘irlikdagi inson 1,5 kilometr yurganda 105 kaloriya, 100 kilogram og‘irlikdagi katta yoshdagi odam 135 kaloriya  yo‘qotadi va sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirgan holda, 16  mart – Respublikada yurish bo‘yicha marafon, 23 mart – «Quvnoq startlar» musobaqasi hamda 30 mart – Velosipedda sayr kunini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring