Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov gol urgan va Afonin to‘liq o‘ynagan bahsda «Rostov» g‘alaba qozondi

Shomurodov gol urgan va Afonin to‘liq o‘ynagan bahsda «Rostov» g‘alaba qozondi

Rossiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Rostov» – «Orenburg» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Rostov-Arena»da kechgan legionerlarimiz bahsida mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Aleksey Ionov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, u yerda Eldor Shomurodov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Ionov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida orenburgliklar Despotovichning goli bilan hisobni qisqartirishdi va shu bilan hisob boshqa o‘zgarmadi.

Mazkur o‘yinda Shomurodov 82-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, Vadim Afonin to‘liq harakat qildi. E’tiborli tomoni, Eldor Shomurodov «Rostov»ning Rossiya chempionatidagi 500-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, rostovliklar mavsumni g‘alaba bilan boshlashdi.

RPL, 1-tur
Rostov – Orenburg 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Shomurodov, 2:0 – 42 Ionov, 2:1 – 49 Despotovich.
Rostov – Pesyakov, Kozlov (Logashov, 75), Chistyakov, Sigurdsson, Chernov, Normann, Popov, Ionov, Yeremenko, Bayramyan (Zuyev, 67), Shomurodov (Sigurdarson, 82).
Orenburg – Dovbnya, Shaxov, Sivakov, Kozlov, Malix, Afonin, Malyarov (Ayupov, 72), Terexov, Rikardu Alvesh (Kulishev, 61), Mishkich, Despotovich.
Ogohlantirishlar: Bayramyan (26), Malyarov (43), Sivakov (52), Normann (54), Afonin (81).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring