Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shohjahon Ergashev raqibini 18-soniyadayoq nokautga uchratdi

Shohjahon Ergashev raqibini 18-soniyadayoq nokautga uchratdi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahsni ketma-ket zarbalar bilan boshlagan bokschimiz 18-soniyadayoq raqibini nokaut holatiga tushirdi.

Ma’lumot uchun, bu Shohjahon uchun professional ringdagi 16-jang bo‘ldi. Ergashev ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 15 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruizning o‘tkazgan janglari soni 50 taga yetdi. Argentinalik bokschi ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 18 marotaba imkoniyatni boy bergan (3 ta nokaut).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring