Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohjahon Ergashev yana ringga qaytmoqda

Shohjahon Ergashev yana ringga qaytmoqda

Shohjahon Ergashev o‘z faoliyatidagi dastlabki mag‘lubiyatidan keyin yana ringga qaytmoqda.

Hamyurtimiz 28 mart kuni AQShning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etilayotgan DAZN hamda Salita Promotions hamkorligidagi oqshomda jang qiladi. Unga panamalik charm-qo‘lqop ustasi Xuan Xuyertas raqiblik qiladi.

Xuan Xuyertas faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U g‘alabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev 2023 yil 26 noyabr kuni AQShda IBF chempioni Sabriel Matias bilan jang qilib, mag‘lubiyatga uchragan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring