Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev uyidan 400 ming dollar chiqqan bojxonachi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev uyidan 400 ming dollar chiqqan bojxonachi haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi o‘ta dolzab va jiddiyligiga to‘xtalarkan, O‘zbekistondagi bojxona postlaridan birining rahbari sodir etgan qonunga zid harakatlar haqida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan chora-tadbirlar vaqtida «bir kichkina bojxona posti rahbari»ning uyidan 400 ming dollar pul chiqqan.

«Dunyo hamjamiyati bizni tan olsin deb shuncha harakat qilib yotibmiz, bitta postning boshlig‘i esa 400 ming dollar o‘g‘irlab tursa — nima bo‘ladi?», — deya savol qo‘ygan shu holat yuzasidan davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring