Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va hunarmandlar markazini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va hunarmandlar markazini borib ko‘rdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida qurilayotgan Tadbirkorlar va hunarmandlar markazini borib ko‘rdi.

Bu yerda tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga huquqiy maslahatlar berib, biznesini boshlashiga ko‘maklashish, yoshlarga hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi, mahsulotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.

 Markaz «Do‘stlik» kanali bo‘yida joylashgani unga yanada fayz bergan. Hudud obodonlashtirilib, so‘lim xiyobon tashkil etilgan. Manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosiped yo‘laklari, favvoralar barpo etilgan. O‘rindiqlar yoniga kitob jovonlari ham qo‘yilgan.

Umuman aytganda, bu yer nafaqat biznes, balki madaniyat, turizm maskaniga ham aylanadi.

Davlatimiz rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring