Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodoga va do‘st Indoneziya xalqiga Surabaya shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa qisqa muddatda sog‘ayishlarini tiladi, deyiladi TIV axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Surabaya shahridagi cherkovlarda sodir etilgan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lib, 13 kishi og‘ir jarohat olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring