Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahzoda Garri va Megan Markl o‘zlariga yangi vatan topishdi — bu AQSh emas

Shahzoda Garri va Megan Markl o‘zlariga yangi vatan topishdi — bu AQSh emas

Foto: «Argumenti.ru»

Sasseks gersogi va gersoginyasi (shahzoda Garri va Megan Markl) boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi haqidagi gap-so‘zlar to‘xtamayapti. Ilgari ularni AQShga ko‘chib ketishmoqchi deyishayotgandi, ammo endi manzil o‘zgargani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, qirollikning yosh oilasi tinch-osoyishta hayot kechirish uchun Kanadaga ko‘chib ketishi mumkin. Bir jihatdan, infratuzilmasi o‘ta yaxshi rivojlanishidan tashqari, bu mamlakat Britaniya hamdo‘stligining bir qismi ekani ham nazarda tutilsa, AQShdan ko‘ra yaxshi tanlov. Yana aytishlaricha, Megan Markl «Fors-majorlar» serialida suratga tushayotganida Kanadada uzoq vaqt yashagan, kamiga, eng yaqin dugonasi Jessika Malruni ham shu mamlakatda yashaydi.

«Megan va Garri Kanadaga ko‘chib ketishni o‘ylashmoqda, chunki bu mamlakat Hamdo‘stlikning bir qismi. Ular o‘z hayotlarining ushbu bo‘lg‘usi ssenariysini ham ko‘rib chiqshyapti», — deyiladi insayder xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring