Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelidagi avtomaktab boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Sergelidagi avtomaktab boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan IIB  xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Vatanparvar» tashkilotining «Sergeli O‘quv STK» UK boshlig‘i o‘rinbosari U.T. fuqaro R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring