Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergeli tumani nomini o‘zgartirish taklif qilinmokda

Sergeli tumani nomini o‘zgartirish taklif qilinmokda

Foto:«Xabar.uz»

«Adolat» SDPdan deputatlikka nomzod Rustam Umarov Sergeli tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qildi.

U tumanga «Istiqbol» tumani deb nom berishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.

Nomzodning fikricha bunga asos tumaning nomi asl nomidan o‘zgarib ketganligi, Sirg‘ali emas, balki Sergeli deb yuritilishi, ommaviy axborot vositalari tuman nomini ko‘pincha Sergeli deb yuritishi, avtobuslarda, plakatlarda tuman nomi Sergeli deb yozilishi xato-kamchiliklar ekanligi bunga asos sanaladi.

U mana shu kamchiliklarni inobatga olib, tuman nomini yangicha dunyoqarash va o‘zgarishlarning negizi bo‘lishi kerak degan fikrni ilgari surgan.

«Sergeli asli nomi bilan Sirg‘ali ota tumani nomi ruslashib ketgan tuman nomini o‘zgartirish masalasini va hozirgi zamonaviy davrga munosib nom berishni taklif beraman. Ushbu tumanga «Istiqbol» tumani deb nom berishni maqsadga muvofiq deb bilaman», — deydi nomzod o‘z taklifida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring