Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir kampir uyida qamalib qoldi

Samarqandda bir kampir uyida qamalib qoldi

Foto: FVV

Joriy yilning 1-aprel kuni soat 11:15da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik qismi «1050» raqamiga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.Mirzayeva qo‘ng‘iroq qilib, 1938-yilda tug‘ilgan qo‘shnisi A.Kolomichenko qo‘ng‘iroqlarga javob bermayotgani sababli, qo‘shnisi uyining temir eshigini ochishga yordam berishni so‘rab murojaat qiladi.

Kapitan A.To‘rayev boshchiligida boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib bordilar. Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida to‘rt qavatli uyning uchinchi qavatida joylashgan xonadonga balkon orqali kirishadi.

FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, xonadon ichiga kirishganida A.Kolomichenko polda yotgan holda topildi. Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Qayd etish kerak, kampirga nima bo‘lgan, hushsiz qolganmi, zaharlanganmi, kasali xuruj qilganmi — bu haqda axborotda hech nima deyilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring