Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqandcha biznes». 3 gektar yerni rasvo qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Samarqandcha biznes». 3 gektar yerni rasvo qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv yakunida 3 gektar yer maydonini rasvo qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, aslida qayd etilgan yer maydoni fuqaro F.Z.ga yangi texnologiyalar asosida zamonaviy issiqxona qurish uchun ajratib berilgan edi. Biroq u issiqxona tashkil etilmasdan, o‘zboshimchalik bilan yerning unumdor qatlamini 12 metr chuqurlikda qazib sotish orqali davlat va jamiyat manfaatlariga 1,4 mlrd. so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring