Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand va Buxoroda ishlangan film Hindistondan turistlar ko‘payishiga sabab bo‘ldi

Samarqand va Buxoroda ishlangan film Hindistondan turistlar ko‘payishiga sabab bo‘ldi

Foto: «minbar.uz»

Hindlar bilan ishlangan film turistlar ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Bu haqida «Minbar.uz» saytida xabar berilgan.

Hindlar bilan hamkorlikda ishlangan “Cheksiz quvonch” filmi Hindistonda namoyish etilgandan so‘ng hindistonlik turistlar soni ikki baravar ko‘paydi. Bu haqida “O‘zbekkino” direktori Furqat Zokirov ma’lum qildi.

“Qiziq tomoni, birgina film sababli Hindistondan O‘zbekistonga yangi aviareys yo‘lga qo‘yilgan", – deydi Furqat Zokirov.

Komediya janridagi “Hoichoi unlimited” filmi o‘zbek tiliga “Cheksiz quvonch” deb tarjima qilingan. Film “Dev entertainment” kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan, rejissyori Aniket Chattopadhay. Badiiy filmning premerasi 2018 yilning 12 oktyabr kuni Kalkuttada bo‘lib o‘tgan.

Ayni vaqtda filmni o‘zbekchalashtirish ishlari ketmoqda va u tez kunlarda o‘zbek tilida namoyish etiladi. Film to‘rt og‘aynining sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Film O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida, shuningdek, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Ukraina va Ozarbayjonda tasvirga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring