Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya ilk bor «Yosh gvardiyachilar» musobaqasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi

Milliy gvardiya  ilk bor «Yosh gvardiyachilar» musobaqasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi intelektual hamda jismoniy tomonlama rivojlangan  avlodni tarbiyalash maqsadida Respublika «Yosh gvardiyachilar» musobaqasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan o‘rta ta’lim maktablarining harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarida tahsil olayotgan chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi o‘quvchilar o‘rtasida «Yosh gvardiyachilar» musobaqasi ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi. Bu haqda MIilliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida joylashgan Milliy gvardiya bo‘linmalariga biriktirilgan 4 ta maktab o‘quvchilari va Nukus shahrida joylashgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘zaro bellashishdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Jamoalar 5 ta shart bo‘yicha o‘zlarining ustozlaridan olgan bilimlarini hakamlar hay’ati a’zolari oldida namoyish etishdi. Guruhni tanishtirish, savol javob, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish va arqon tortish kabi shartlarda o‘quvchilar kim chaqqon va kim bilimdon ekanligini ko‘rsatishdi.

Musobaqa so‘ngida hakamlar hay’ati jamoalarning to‘plagan ballarini o‘qib eshittirdi. Unga ko‘ra birinchi o‘rin Nukus shahar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qo‘lga kiritib, Milliy gvardiya qo‘mondonligining 1-darajali diplom, ramziy kubok va qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kirititgan jamoalarga ham mos ravishda diplom, ramziy kubok va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, qolgan jamoalar ham rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa so‘ngida jamoalar Milliy gvardiya muzeyi uchun rasmga tushishdi. Galdagi «Yosh gvardiyachilar» musobaqasi boshqa viloyatlarda davom ettiriladi va yil yakunida Respublika bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring