Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 «Real» Mbappening transfer narxini 200 million yevrogacha oshirmoqchi

 «Real» Mbappening transfer narxini 200 million yevrogacha oshirmoqchi

Foto: «Psgtalk.com»

Yozgi transfer oynasi yakuni arafasida Kilian Mbappe «PSJ»ni «Real»ga almashtirishi mumkin. Sky Sports xabariga ko‘ra, Madrid klubi hujumchining transferi bo‘yicha taklifni 200 million yevroga oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq «PSJ» Kilian Mbappeni aynan 200 million yevro evaziga qo‘yvorishi mumkinligi haqidagi xabar tarqalgandi.

Agar klublar kelishib olsa, Kilian Mbappe baribir Neymarning rekordini yangila olmaydi. Chunki 2017-yilda braziliyalik futbolchi 222 million yevro evaziga «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, agar «PSJ» hozir Kilian Mbappeni sotmasa, kelasi yozda klub ushbu o‘yinchini tekinga boy berishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring